Toshkentda vazirlikning pora bilan ushlangan bosh mutaxassisi qochmoqchi bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
01 aprel 11029 1 daqiqa
Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bosh mutaxassisi 1500 AQSH dollari pora olayotganda qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bosh mutaxassisi Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi MCHJ rahbarining ishonchiga kirib, undan 1500 AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.
Qo‘lga olish jarayonida u qochishga uringan, biroq tezkor xodimlar tomonidan ushlab qolingan.
Aniqlanishicha, bosh mutaxassis Yunusobod tumanidagi 6 ta uyga xizmat ko‘rsatishni bir MCHJdan ikkinchi MCHJga o‘tkazish haqidagi uy-joy mulkdorlari imzolagan dalolatnomalarni billing tizimining “Mening uyim” platformasidan ro‘yxatdan o‘tkazib berish evaziga 2200 AQSH dollari talab qilgan va bu ishlarni o‘zining mansabdor tanishlari orqali hal qilib berishni rejalashtirgan.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyati Chust tumani soliq inspeksiyasi xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Live
Barchasi