Toshkentda YTH sabab ikki sevishgan halok bo‘ldi

3-sahifa

image

2025 yilning 31 avgust kuni Toshkent shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida ikki sevishgan halok bo‘ldi. Bu haqda “Millar” xabar berdi. 

Voqea 31 avgust kuni tongda ro‘y bergan. 1998 yili tug‘ilgan Cobalt haydovchisi qo‘pol qoidabuzarlik qilgani sababli dahshatli avtohalokat sodir bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasi yuz bergan vaqt mashina ichida 2001 yil hamda 2008 yilda tug‘ilgan yo‘lovchilar bo‘lgan. Yo‘lovchilardan biri voqea joyida, ikkinchisi esa shifoxonada vafot etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, fojia qurboni bo‘lgan yigit va qizning yaqin kunlarda to‘yi bo‘lishi kutilayotgan edi.

Avtohalokatga sababchi bo‘lgan haydovchi sud oldida javob bergan. Sudlanuvchi qilgan ishidan pushaymonligini aytib, marhumlarning yaqinlaridan kechirim so‘ragan.

Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor, deb topilgan va u shu modda bilan 3 yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan hamda 8 yil ozodlikdan mahrum qilingan. Jazoni manzil koloniyada o‘tash belgilangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatida Nexia haydovchisi o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanayotgan Lacetti avtomashinasi bilan to‘qnashib, so‘ng yo‘l chetidagi daraxtga urilgandi. YTH oqibatida Nexia haydovchisi vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Toshkent Cobalt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing