Toshkentdagi “avariya”da yo‘lovchi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Bugun, 20 dekabr kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Lacetti va Nexia-3 mashinalari to‘qnashib ketdi va oqibatda Nexia yo‘lovchisi vafot etdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 03:45 larda Yashnobod tumani Mahdumquli ko‘chasida 2004 yilda tug‘ilgan haydovchi Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketib 1977 yilda tug‘ilgan S.A. boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH ortidan Nexia-3 rusumli avtomashina yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Shuningdek, Lacetti va Nexia-3 rusumli avtomashina haydovchilariga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida 16 yoshli yigit sodir qilgan yo‘l-transport hodisasida 2 kishi hayotdan ko‘z yumgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Lacetti Nexia-3

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing