Toshkentdagi bog‘chada bolalarni qo‘rqitib, kuch ishlatgan tarbiyachi ishdan olindi (video)

3-sahifa

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Yunusobod tumanidagi 414-sonli maktabgacha ta’lim tarbiyachisi bolalarga qo‘pol muomalada bo‘lib, ularni qo‘rqitib, kuch ishlatayotgani aks etgan video tarqalgandi. 

Toshkent shahri maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ma’lum qilishicha, ushbu tarbiyachi ishdan bo‘shatilgan.  

"Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu mazmundagi videolavha tarqalgach, holat yuzasidan boshqarma ishchi guruhi o‘rganish olib bordi. Aniqlanishicha, hodisa 2024 yil mart oyida yuz bergan. Maktabgacha ta’lim tashkiloti ma’muriyati tarbiyachi I.S. bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanidagi internat tarbiyachisi yosh bolaga tarsaki tushirgani aks etgan video tarqalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Yunusobod bog'cha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made