Toshkentga uchib kelishi kerak bo‘lgan samolyot qushlar bilan to‘qnashdi

Olam

image

Bugun, 12 sentyabr kuni Rossiyaning Irkutsk shahridan O‘zbekiston poytaxti Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan samolyot qushlar bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda Sharqiy Sibir Transport prokuraturasi ma’lum qildi.

“Bugun, 2025 yil, 12 sentyabr, mahalliy vaqt bilan soat 07:40 da Irkutsk aeroportida aviatsiya hodisasi yuz berdi.

Irkutsk-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 2719-sonli reysini amalga oshirayotgan “Ural havo yo‘llari” aviakompaniyasining A-319 samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagida parvoz paytida dvigatelga qushlar kirib qolgani sababli samolyot komandirining qarori bilan uchish aeroportiga qaytdi”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, samolyot bortida 6 nafar ekipaj a’zosi va 91 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Hodisada hech kim jabrlanmadi, samolyot shikastlanmagan. Baykal-Angara transport prokuraturasi parvozlar xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan tekshiruv boshlagan.


 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent samolyot qush Irkutsk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing