Tojikiston chegarasida 2 nafar afg‘onistonlik o‘ldirildi

Olam

image

Tojikistonda davlat chegarasi orqali yirik miqdordagi giyohvand moddalarini olib o‘tishga uringan 2 nafar afg‘onistonlik o‘ldirildi, biri qochib ketdi. Bu haqda kecha, 17 aprel kuni Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar markazi xabar berdi.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonning uch nafar fuqarosi davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tib, Tojikiston hududiga kirgan.

Qonunbuzarlar chegara naryadining taslim bo‘lish haqidagi qonuniy talablariga bo‘ysunmagan va qurolli qarshilik ko‘rsatgan. To‘qnashuv davomida ularning ikki nafari yo‘q qilingan, biri esa tungi qorong‘ulikdan foydalanib, qo‘shni hududga yashiringan.

Voqea joyidan ikkita Kalashnikov avtomati, ov miltig‘i, 35 ta patron bo‘lgan ikkita o‘qdon, shuningdek, ichida 25 o‘ram giyohvandlik vositasi bo‘lgan ikkita qop topilgan va musodara qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston va O‘zbekiston chegarasidan 62 kilogrammdan ortiq giyohvandlik moddalarini olib o‘tayotgan shaxslar ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston chegara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing