Tojikistondan 30 kilo qoradori olib kirayotgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Bojxona boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Tojikistondan olib kelingan ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqida DXX xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tezkor tadbir davomida Termiz tumanida yashovchi, 1968 yilda tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtotransport vositasi “Bekobod-avto” chegara bojxona postiga kirib kelgan vaqtda tekshirilgan. Tekshiruv jarayonida avtomashinaning yoqilg‘i baki ichiga ustamonlik bilan yashirib qo‘yilgan jami 30 kilogrammdan ortiq “opiy” moddasi mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (Kontrabanda) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkentda Tojikistondan narkotik olib kelgan 2 kishi qo‘lga tushgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Tojikiston qoradori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing