Tojikistonga javob qaytaramiz – Xo‘jayev “rastamojka” masalasida (video)
Jamiyat
−
21 yanvar 12097 1 daqiqa
O‘zbekiston Tojikiston o‘zbekistonlik eksportchilarga yuqori qiymatda boj qo‘llayotgani uchun javob qaytarishi mumkin. Bu haqda joriy yilning 17 yanvar kuni Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev elchilar va tadbirkorlar o‘rtasidagi uchrashuvda ma’lum qildi.
Mazkur uchrashuvda tadbirkor Tojikiston, Turkmaniston va Kavkaz mamlakatlari bilan bog‘liq muammolarga to‘xtalgan. Xususan, uning aytishicha, Tojikiston O‘zbekiston tovarlariga yuqori boj qo‘yayotgani sababli narx 15 foizga oshib ketmoqda. Turkmaniston bilan esa vizaga aloqador muammolar bor.
“Tojikiston bilan bizda muammo bor. Biz mahsulotlarimizni bu bozorga eksport qilamiz. Hamma hujjatlarni to‘liq taqdim qilgan holatimizda ham bizning mahsulotni zaxira usulida “rastamojka” qilishadi. Bu mahsulotimizning qiymatini bu bozorda 15 foizgacha yuqori bo‘lishiga olib kelmoqda”, deydi tadbirkor.
Jamshid Xo‘jayev esa agar vaziyat o‘zgarmasa, O‘zbekiston ham javob qaytarishini aytgan. Uning bildirishicha, o‘zbekistonlik bojxonachilar hamkasblari bilan gaplashadi. Agar ular shunaqa qiladigan bo‘lsa, javob chorasi ko‘riladi. O‘zbekiston elchisi Tojikiston hukumatiga bu haqdagi signalni yetkazadi.
Live
Barchasi