Tramp BBC’ni sudga berdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Britaniyaning BBC teleradiokorporatsiyasini tuhmatda ayblab, sudga murojaat qildi. U 5 milliard dollar miqdorida tovon puli undirishni talab qilmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Da’vo 2021 yil yanvarida uning tarafdorlari Kapitoliyga bostirib kirgan kuni Tramp tomonidan aytilgan nutqning Panorama dasturida tahrirlanib efirga uzatilgani bilan bog‘liq.

BBC hujjatli filmida Prezident Trampning “yolg‘on, tuhmatli, chalg‘ituvchi, kamsituvchi, qo‘zg‘atuvchi va yovuz obrazi” yaratilgani aytilmoqda. Da’vo arizasida film “saylovlar natijasiga aralashish va ularga Prezident Tramp zarariga ta’sir ko‘rsatishga ochiqchasiga urinish” doirasida tayyorlangani ta’kidlanadi.

OAVning yozishicha, o‘tgan yili efirga uzatilgan “Tramp: Ikkinchi imkoniyat?” hujjatli filmida Tramp nutqining ikki turli qismi montaj qilingan va oqibatda u go‘yoki Kapitoliydagi tartibsizliklarga to‘g‘ridan to‘g‘ri da’vat qilgandek taassurot uyg‘otgan. 

BBC Kengashi raisi Samir Shah yuz bergan holat uchun uzr so‘rab, nutq Panorama tomoshabinlari Prezident Trampning murojaati tarafdorlari tomonidan qanday qabul qilinganini va o‘sha paytda nimalar sodir bo‘lganini yaxshiroq tushunishi uchun tahrirlanganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu mojaro fonida Britaniya teleradiokorporatsiyasi bosh direktori Tim Deyvi hamda BBC News rahbari Deborra Ternes lavozimidan iste’foga chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp BBC Panorama

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing