Tramp Eronga rejalashtirilgan zarbalarni bekor qildi
Olam
−
09:20 2049 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp kecha, 11 iyun kuni kechqurun Eron hududiga rejalashtirilgan harbiy zarbalar amalga oshirilmasligini ma’lum qildi. Bu haqda u Truth Social tarmog‘ida yozib qoldirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron bilan olib borilgan muzokaralar Islom Respublikasi rahbariyatining eng yuqori darajasiga yetkazilgan va ular tomonidan ma’qullangan. Shu sababli, u rejalashtirilgan bombardimonlarni bekor qilgan.
Tramp muzokaralarda ishtirok etgan barcha tomonlar – jumladan Isroil, Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Turkiya, Pokiston, Bahrayn, Quvayt, Iordaniya va Misr ham kelishuvni qo‘llab-quvvatlaganini bildirgan.
Uning aytishicha, dengiz blokadasi kelishuv to‘liq imzolanmaguncha saqlanib qoladi, kelishuv qachon va qayerda imzolanishi keyinroq e’lon qilinadi.
“Axios” nashriga ko‘ra, muzokaralarda asosiy kelishmovchiliklar Qatar vositachiligida hal qilingan.
Avvalroq, AQSH Eronning janubidagi harbiy ob’ektlarga zarba bergani, bu esa ikki tomon o‘rtasidagi keskinlikni kuchaytirgani xabar qilingan edi. Keyinchalik Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopgani va AQSH hamda Eron o‘rtasida ayblovlar davom etayotgani aytilgan.
Hozirgi qaror esa, vaziyatni vaqtincha yumshatishga qaratilgan qadam sifatida baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp hozirgi kundagi Eronga qarshi qilingan hujumlarga Isroilning aloqasi yo‘qligini aytgandi.
Live
Barchasi