Tramp Moskvaga odamlarini yubormoqchi
Olam
−
09 may 4044 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukraina bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun Moskvaga Amerika delegatsiyasini yuborishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda u jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida ma’lum qildi.
Jurnalistlar Trampdan u Rossiyaga amerikalik muzokarachilarni yuborishga tayyormi, deb so‘raganida, u: “Agar bu yordam beradi deb o‘ylasam, bunga bo‘ladi. Men buni qilgan bo‘lardim”, degan Tramp.
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush yakunlanishini juda xohlashini ham ta’kidlagan.
Bu bayonot Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Moskva Trampning 9–11 may kunlari o‘t ochishni to‘xtatish va shu davrda Kiyev bilan “1000 ga 1000” formatida harbiy asirlar almashish haqidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatlaganini tasdiqlaganidan keyin yangradi.
Bundan avval Tramp shaxsan har ikki tomonga murojaat qilib, mazkur kunlarda o‘t ochishni to‘xtatish va asirlar almashinuvini amalga oshirishni so‘raganini aytgan edi. U bu muddatni Rossiyada nishonlanadigan G‘alaba kuni bilan bog‘lagan.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova may oyi boshida Moskva Ukraina bo‘yicha muzokaralardan voz kechmayotganini va aniq natija berishi mumkin bo‘lgan muzokaralarga tayyorligini bildirgan. Uning aytishicha, hozirda Ukraina bo‘yicha muzokaralar uchun mas’ul AQSH vakillari Yaqin Sharqdagi vaziyat bilan ham shug‘ullanmoqda.
2026 yil boshidan beri Rossiya va Ukraina delegatsiyalari AQSH ishtirokida uch raund muzokara o‘tkazdi. So‘nggi uchrashuv 17–18 fevral kunlari Jenevada bo‘lib o‘tgan.
Live
Barchasi