Tramp O‘zbekiston “Tinchlik kengashi”ga mablag‘ ajratganini ma’lum qildi 

Jamiyat

image

Bugun, 19 fevral kuni “Tinchlik kengashi”ning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda AQSH Prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston “Tinchlik kengashi”ga mablag‘ ajratganini ma’lum qildi. Ushbu tadbir Oq uy tarafidan to‘g‘ridan to‘g‘ri yoritilmoqda.

“Qozog‘iston, Ozarbayjon, BAA, Marokash, Bahrayn, Qatar, Saudiya Arabistoni, O‘zbekiston va Quvayt yordam paketi uchun 7 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratdi”, deydi AQSH rahbari.

Qayd etish joiz, AQSH Tinchlik institutida bo‘lib o‘tayotgan sammit uchun Vashingtonga kamida 40 ta davlat vakillari, jumladan, davlat rahbarlari tashrif buyurgan. Mezbon taraf bo‘lgan AQSH Prezidenti Donald Tramp barcha qo‘noqlarni birma bir tanishtirib o‘tdi. 

Navbat O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga kelganda, Donald Tramp uning familiyasini aytishda qiynaldi va O‘zbekiston rahbarini do‘sti deb hisoblashini bildirib, Mirziyoyevning familiyasi tarixdagi eng qiyinlaridan biri ekanini qo‘shimcha qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Tinchlik kengashi Donal' Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing