Trampdan keskin bayonot: Eron “juda qattiq” zarbaga uchraydi

Olam

image

AQSH Prezidenti Eronga qarshi hujumlar yanada kuchaytirilishini ma’lum qilgan. Donald Trampning aytishicha, Tehron taslim bo‘lishdan bosh tortgani ortidan yangi zarbalar rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Politico” yozdi.

Tramp “Truth Social” tarmog‘idagi bayonotida Eron “juda qattiq zarba”ga uchrashini ta’kidlab, avval nishonga olinmagan ob’ektlar va guruhlar ham hujumlar ro‘yxatiga qo‘shilishi mumkinligini bildirgan. Bu bayonot Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonning AQSH talab qilgan “shartsiz taslim bo‘lish”ni rad etganidan keyin yangradi.

Pezeshkiyon davlat televideniyesi orqali qilgan chiqishida Tehron taslim bo‘lmasligini aytgan edi. Shu bilan birga, Eron qo‘shni davlatlarga hujum qilmasligini, agar ular o‘z hududidan qarshi zarbalar bermasa, bu siyosat saqlanishini e’lon qilgan.

AQSH va Isroil bir hafta avval Eronga qarshi keng ko‘lamli operatsiya boshlagan edi. Hujumlar natijasida Islom Respublikasining oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy va bir qator yuqori lavozimli amaldorlar halok bo‘lgan. Vashington Tehrondan shartsiz taslim bo‘lishni talab qilmoqda.

Ayni paytda mojaro energetika bozorlariga ham ta’sir qilmoqda. Urush boshlanganidan beri neft narxi keskin oshgan, benzin qiymati ham ko‘tarilgan. Bu holat, asosan, jahon neftining qariyb 20 foizi o‘tadigan Hormuz bo‘g‘ozidagi vaziyat bilan bog‘lanmoqda.

AQSH Davlat departamenti esa mintaqadagi amerikaliklarni evakuatsiya qilishni davom ettirmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi kunlarda o‘nlab maxsus reyslar orqali minglab fuqarolar xavfsiz hududlarga olib chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Eronda yangi rahbarni tanlash jarayonida Vashington ham ishtirok etishi kerakligini bildirgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing