“Transformerlar” endi faqat filmda emas. Mashinaga aylanadigan robot yaratildi

Texnologiya

image

Tokioda joylashgan Tsubame Industies startapi "Archax" nomli mashinaga aylana oladigan ulkan odamsimon robotni yaratdi. Bu haqda VC nashri xabar berdi. 

Uning balandligi taxminan 4,5 metr, og‘irligi - 3,5 tonna. Robot so‘nggi Yura davridagi qushga o‘xshash dinozavr Arxeopteriks sharafiga "Archax" deb nomlangan. 

Startap noodatiy mahsulotning imkoniyatlari aks etgan videoni ijtimoiy tarmoqqa joyladi. Unda robot qanday harakat qilishi, tiz cho‘kishi, barmoqlarini qimirlatishi hamda boshqa harakatlar va imo-ishoralarni bajarishi ko‘rsatilgan.

"Archax"ning ichiga odam joylashishi va uni qo‘lda boshqarishi mumkin. Robotda tashqi kameralar va monitorlarga ega uchuvchi kabinasi mavjud. 

Gigant gumanoid ikki rejimda ishlashi mumkin: vertikal (robot rejimi) va gorizontal (avtomobil rejimi). Ikkinchi holatda u 10 km/soat tezlikda harakatlana oladi. Robot dastlab mashina ko‘rinishida yaratilgan va keyinchalik uni odamsimon robotga aylantirish g‘oyasi tug‘ilgan.

"Yaponiya animatsiya, o‘yinlar, robototexnika va avtomobillar sohasida ustunlik qiladi. Shuning uchun men ushbu elementlarning barchasini birlashtiradigan ixtiro qilmoqchi edim", dedi uning bosh direktori, 25 yoshli Ryo Yoshida.

Yoshidaning bildirishicha, robotlardan yana beshta ishlab chiqarish va ularning har birini 3 million dollardan  robototexnika kollektorlariga sotish rejalashtirmoqda. Shuningdek, u kelajakda "Archax"dan tabiiy ofatlarni bartaraf etishda yoki kosmik sanoatda foydalanish mumkinligiga umid qilmoqda. Startap robotni oktyabr oyi oxirida rasman taqdim etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiyaning Skeletonics – ekzoskelet ishlab chiqaruvchi kompaniyasi ilmiy-fantastik filmlarda tasvirlanadigan jangovar robotlarning kostyumini yaratgandi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing