To‘qayev ham Moskvadagi G‘alaba paradiga boradi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev 8-9 may kunlari Moskvaga boradi. Bu haqda respublikaning Rossiya Federatsiyasidagi elchisi Dauren Abayev TASS agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi. Abayevning qo‘shimcha qilishicha, Qozog‘iston joriy yilda SHHT va KXSHTga raislik qilmoqda va bu formatlar doirasida davlat rahbarlarining uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, Ufada Rossiya va Qozog‘iston mintaqalararo hamkorlik forumi bo‘lib o‘tadi.

Uning eslatishicha, Qozog‘iston va Rossiya rahbarlarining uchrashuvlari muntazam bo‘lib turadi. Vladimir Putinning o‘tgan yilning oktyabr oyidagi Qozog‘istonga tashrifidan so‘ng ikki davlat rahbarlari ikki marta – Sankt-Peterburgdagi YeOII va MDH sammitlarida hamda Qozonda “Kelajak o‘yinlari”da uchrashgan.

Qayd etish joizki, Laos Prezidenti Txonglun Sisulit va Gvineya-Bisau rahbari Umaru Sisoku Embalo 9 may kuni o‘tkaziladigan parad uchun Moskvaga boradi.
Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu 9 may kuni Moskvadagi Qizil maydonda bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradida 9 mingdan ortiq kishi, 70 ta texnika va ikkita havo guruhi ishtirok etishini ma’lum qilgan. G‘alaba paradining yakuniy repetitsiyasi 5 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili Moskvaga G‘alaba paradiga yetti nafar xorijiy davlat rahbarlari: Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Qirg‘iziston yetakchisi Sadir Japarov, Tojikiston rahbari Imomali Rahmon, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Belarusdan Aleksandr Lukashenko, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan tashrif buyurgan.

2022 yilda Rossiya hukumati G‘alabaning 77 yilligi sharafiga Moskvadagi paradga xorijiy rahbarlarini taklif qilmadi, o‘shanda Kreml: "Gap shundaki, bu yubiley sanasi emas", deb tushuntirdi. 2024 yilda natsizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 79 yilligi nishonlanadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 3 may kuni Vladimir Putin va Imomali Rahmon telefon orqali muloqot qilgandi. Muhokama qilingan mavzular orasida Imomali Rahmonning Moskvadagi G‘alaba paradida ishtirok etishi ham bor edi. Paraddan ikki kun oldin – 7 mayda Vladimir Putinning Prezident sifatida beshinchi inauguratsiyasi bo‘lib o‘tadi. Inauguratsiya kuni havo hujumidan mudofaa tizimi kuchaytiriladi. 8 may kuni esa Moskvada YeOII yubiley sammiti bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston MDH ShHT Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made