To‘polonchi bolalarning ota-onasi uchun xushxabar bor

Bu qiziq

image

Bolalikda aka-uka, opa-singillar o‘rtasida bo‘lib turadigan tortishuvlar ularning aqliy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Kembrij universiteti professorlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda kichkintoylarning bahslari va ularning miya faoliyati o‘rtasida bog‘liqlik borligi aniqlandi.

Loyiha jamoasi aka-uka va opa-singillar orasidagi raqobat keyinchalik xulq-atvor va o‘zaro munosabat o‘rnatish bilan bog‘liq muammolarga olib kelishidan ogohlantirgan bo‘lsa-da, yangi tadqiqot zo‘ravonliklarsiz janjallar aqliy o‘sish uchun foydali ekanini ko‘rsatgan.

Qayd etilishicha, aka-uka yoki opa-singilning bo‘lishi ota-onaning e’tiborini qozonishga undaydi. Natijada turli xil bahslar yuzaga keladi. Tabiiyki, munozaralarda qatnashish, ayniqsa bolalarning o‘zlaridan katta aka-opalari bilan poygaga kirishishi, keyinchalik  ularning ijtimoiy qobiliyatlarini, so‘z boyligini va jismoniy imkoniyatlarini oshiradi.

Farzandlarining doimiy janjallaridan charchagan ota-onalar bu hayotiy ijtimoiy kompetensiyalarni o‘rganishning bir qismi ekanligiga ishonch hosil qilishlari mumkin. To‘polonchi og‘a-inilar ko‘pincha testlarda yaxshi natijalarga erishadilar va kuchli ijtimoiy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan bolalar kattalar kabi fikr yurita oladigan darajaga yetadi.

Kembrij universiteti professorlari 2 va 6 yosh oralig‘idagi 250 nafar bolani kuzatgan. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, aka-uka o‘zaro munosabatlari ko‘pincha ziyraklikni oshirishi mumkin.

“Bizning dalillarimiz shuni ko‘rsatadiki, bolalarning ijtimoiy tushunchasi ko‘p hollarda aka-uka va opa-singillar bilan o‘zaro munosabatlari tufayli sayqallanadi”, deydi Kler Xyuz.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing