Turkiya Hormuz o‘rniga o‘z yo‘lini taklif qilmoqda

Olam

image

Turkiya Hormuz bo‘g‘oziga muqobil bo‘lishi mumkin bo‘lgan “O‘rta koridor” loyihasini faol targ‘ib qilmoqda. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.

Bu yo‘l orqali Turkiya Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi asosiy tranzit markazga aylanishni xohlayapti.

Bu koridor Xitoydan Yevropagacha bo‘lgan yuklarni Qozog‘iston, Kaspiy dengizi, Kavkaz va Turkiya orqali quruqlikda tashishni nazarda tutadi. Dengiz yo‘liga qaraganda u ancha tez bo‘lishi mumkin: yuklar 12–15 kunda yetkazilishi mumkin, dengiz orqali esa bu jarayon taxminan 40 kun davom etadi.

Turkiya Armaniston bilan chegarani ochish ustida ham ishlamoqda. 32 yil davomida yopiq bo‘lgan chegara punkti qayta ochilishi mumkin. Bu yangi yo‘lning muhim qismi bo‘lishi kutilmoqda.

Loyiha AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan “TRIPP” deb ataladigan tashabbus bilan ham bog‘liq bo‘lib, u Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tinchlik jarayonlari doirasida ishlab chiqilgan.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakatni “barqarorlik markazi” deb atab, Turkiya xavfsiz tranzit hududiga aylanishi mumkinligini aytgan.

Shu bilan birga, loyihaning muammolari ham bor: logistika murakkabligi, temir yo‘l tizimlarining mos kelmasligi va siyosiy keskinliklar. Yo‘l Eron va Rossiya yaqin hududlardan o‘tadi, bu ham xavf sifatida ko‘riladi.

Mutaxassislarning fikricha, bu loyiha katta sarmoya va xalqaro qo‘llab-quvvatlashga bog‘liq, shuning uchun yaqin vaqt ichida dengiz yo‘llarini to‘liq almashtira olmaydi.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ham Zangezur transport koridori qurilishi yaqin orada tugashini bildirgan. Bu yo‘l yiliga 15 million tonnagacha yuk tashish imkonini berishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 18 aprel kuni Eron AQSH tomonidan davom etayotgan dengiz blokadasi sabab Hormuz bo‘g‘ozi yana yopilganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya taklif Hormuz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing