Turkiya Iroq shimolida yangi harbiy operatsiya boshladi

Olam

image

Turkiya Iroq shimolida Kurdiston ishchi partiyasiga (PKK) qarshi yangi “Panja” operatsiyasini boshladi. Bu haqda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

“PKK terrorchi tashkilotiga ko‘z ochirmagan qahramon askarlarimizga chegara ortidagi bu murakkab operatsiyada omadlar tilayman”, degan Rajab Erdo‘g‘an.

Turkiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, “Panja” operatsiyasi rejasi doirasida kecha, 27 may kuni Quruqlik kuchlari artilleriyachilar va Harbiy havo kuchlari zarbasi ortidan havo desantchilari ham Iroq shimolidagi Hakurk tumanida harbiy harakatlarga qo‘shilgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya bundan avval Suriyada 2016 yilda “Frot qalqoni” va 2018 yilda “Zaytun novdasi” harbiy operatsiyalarini o‘tkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Panja operatsiyasi

Baholaganlar

31

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing