Turkiyada o‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi jinoyatlarning qurboniga aylanyapti? 

3-sahifa

image

Turkiyada o‘zbekistonliklar ko‘pincha firibgarlik va odam savdosi qurboni bo‘lmoqda. Bu haqda QALAMPIR.UZ bilan suhbatda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsuli Sherzod Abdunazarov ma’lum qildi.

O‘zbekistonning Istnbuldagi mazkur Bosh konsulligi okrugi tarkibiga Turkiyaning Istanbul shahri, Oydin, Balikesir, Bilejik, Bursa, Izmir, Kojayeli va boshqa viloyatlari, shuningdek, Bolgariya va Ruminiya kiradi. Bosh konsulning so‘zlariga  ko‘ra, ushbu hududlarda, xususan Bolgariyada boshqa millat vakillariga qaraganda o‘zbekistonliklarning jinoyat sodir etish foizi ancha kam. 

Ammo, Turkiyada o‘zbekistonliklarning ko‘pchiligi, 90 kungacha vizasiz rejim mavjudligi uchun O‘zbekistonda jinoyat sodir etib, bu yerga qochib kelganlar ham uchrab turadi. Bundan tashqari, qonuniy yashash uchun ruxsatnoma olmay yashayotganlar bilan ham muammolar tug‘iladi. 

Ko‘proq firibgarlik va odam savdosi qurbonlari yuqori. Odam savdosi qurboniga aylanayotgan o‘zbekistonliklar orasida bevosita Amerika Qo‘shma Shtatlariga, Yevropa davlatlariga noqonuniy ketish kanallari bo‘yicha jinoyatlar mavjud. Ammo, Turkiya orqali Suriyaga o‘tish holatlari bo‘yicha statistika ancha pastlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Istanbul shahrida o‘zbekistonlik ayolning boshsiz jasadi topilgan edi. Ushbu ish doirasida O‘zbekiston Respublikasining 2 nafar fuqarosi qo‘lga olingan. Ular Turkiyadan Gruziyaga aviareys orqali qochishga uringan vaqtida ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul jinoyat Turkiya o'zbekistonliklar qurbon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing