Turkiyalik 55 yoshli ayol Tramp otasi ekanini da’vo qilib, uni sudga berdi (video)

Olam

image

Turkiyaning Anqara shahrida yashovchi Nejla Ozmen Amerika Qo‘shma Shtatlarining 79 yoshli Prezidenti Donald Tramp biologik otasi ekanini da’vo qilib, sudga murojaat qildi. Bu haqda qator turk nashrlari xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Ozmen 2025 yilning 25 sentyabr kuni Anqara 27-oilaviy sudiga otalikni aniqlash bo‘yicha da’vo arizasi topshirgan. Sud 10 oktyabr kuni da’voni rad etib, arizada Trampning biologik ota ekanini tasdiqlovchi aniq va ishonchli dalillar keltirilmaganini ma’lum qildi. Sud qarorida da’vo mohiyatiga oid jiddiy kamchiliklar mavjudligi, ularni bartaraf etish uchun muddat berish ham mumkin emasligi bildirilgan.

Murojaatchi sud qaroridan norozi ekanini bildirib, ishni apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqishni so‘raganini, shuningdek AQSH elchixonasi va AQSHdagi sudlarga ham murojaat qilganini aytmoqda.

Ozmenning so‘zlariga ko‘ra, u 1970 yilda tug‘ilgan bo‘lib, hujjatlarda Sati va Dursun Ozmenning farzandi sifatida qayd etilgan. U rasmiy hujjatlarda otasi sifatida ko‘rsatilgan Dursun Ozmen uning haqiqiy otasi emasligini, biologik otasi esa Donald Tramp ekanini iddao qildi. Ayolning aytishicha, uni tarbiyalagan ona 2017 yilda asl haqiqatni ochiqlab, Ozmenning biologik onasi nikohsiz munosabat oqibatida Trampdan homilador bo‘lganini bildirgan. Shu sababli u DNK testi o‘tkazilishini talab qilmoqda.

Nejla Ozmen Tramp bilan shaxsan uchrashishni istashini aytib, undan faqat biologik otasi ekanligi yoki emasligini aniqlashni xohlashini ta’kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Elon Musk Junior niki bilan ro‘yxatdan o‘tgan Keniyada yashovchi X ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi amerikalik milliarder Ilon Maskning o‘g‘li ekanini da’vo qilib chiqqan edi.  


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Turkiya Donal'd Tramp Nejla Ozmen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing