O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari e’lon qilindi

Jamiyat

image

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2025-2026-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan talabalar o‘qishini respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkaziladigan maxsus sinovlar bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirilgan. 

Unga ko‘ra, eng yuqori o‘tish ball huquq sohasi uchun belgilangan bo‘lib, u 165 ballni tashkil etadi. Eng past ball esa veterinariya sohasida – 60 ball. 

Eslatib o‘tamiz, o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish joriy yilning 15 iyuldan 5 avgustga qadar my.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat)” bo‘limi orqali amalga oshirilishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'qishni ko'chirish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing