Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari iste’foga chiqishini e’lon qildi

Olam

image

Bugun, 5 yanvar kuni Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) rahbari Vasiliy Malyuk rasmiy ravishda iste’foga chiqishini e’lon qildi. Bu haqdagi xabar Xavfsizlik xizmatining Telegram-kanalida paydo bo‘ldi.

“Xavfsizlik xizmati raisi lavozimidan ketaman. UXX tizimida qolaman va dunyo darajasidagi assimmetrik maxsus operatsiyalarni amalga oshiraman, ular kelajakda ham dushmanga maksimal zarar yetkazadi. Ishonchim komilki, kuchli va zamonaviy maxsus xizmat davlatimiz xavfsizligining kafolatidir. Shu yo‘nalishda Prezident Ukrainada mudofaa sohasida joriy qilayotgan o‘zgarishlarga yo‘naltirilgan va men buni qadrlayman. Adolatli tinchlik va Ukrainaning gullab-yashnashiga ishonaman”, deb yozdi u.

Jurnalist Stanislav Rechinskiyning ma’lumotlariga ko‘ra, UXX rahbari lavozimiga ikki nomzod da’vogarlik qilmoqda – rais o‘rinbosari Aleksandr Poklad va maxsus operatsiyalar markazi rahbari Yevgeniy Xmara.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Kirill Budanov Prezident ofisiga rahbar etib tayinlangandi. Uning o‘rnini esa Tashqi razvedka xizmati rahbari Oleg Ivashchenko egalladi.

Shuningdek, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy yangi Mudofaa vaziri lavozimiga hozirda bosh vazir o‘rinbosari hamda Raqamli transformatsiya vaziri bo‘lib ishlayotgan Mixail Fyodorovni tayinlashni taklif qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Vasiliy Malyuk Ukraina Xavfsizlik xizmati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing