Ukraina Yevropadan yil oxirigacha yana 1 mlrd yevro so‘rayapti 

Olam

image

Ukraina yil oxirigacha Yevropa Ittifoqidan qo‘shimcha 1 milliard yevro (1,2 mlrd dollar) miqdorida mablag‘ ajratilishini so‘ramoqda. Bu mablag‘ AQSH qurol-aslahasini xarid qilishga yo‘naltiriladi. Bu haqda RBK ma’lum qildi.

Ukraina­нинг NATOdagi elchisi Elena Getmanchukning aytishicha, Yevropa davlatlari tomonidan moliyalashtiriladigan va AQSH qurolini xarid qilishni ko‘zda tutuvchi PURL dasturi uzluksiz ishlashi uchun yangi badallar zarur. Uning ta’kidlashicha, davom etayotgan tinchlik muzokaralari Ukrainaga yordamni qisqartirish yoki Rossiyaga bosimni kamaytirish haqidagi signal sifatida qabul qilinmasligi kerak.

Diplomat ko‘ra, 2025 yil yozida ishga tushirilgan PURL – Prioritised Ukraine Requirements List (Ukrainaning ustuvor ehtiyojlari ro‘yxati) tashabbusi orqali Patriot zenit-raketa tizimlari yetkazib berishining 75 foizi va boshqa havo mudofaasi tizimlarining 90 foizi moliyalashtirilgan. PURL doirasida Ukraina har gal taxminan 500 million dollarlik harbiy yordam paketlarini olishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, noyabr o‘rtalarida Ukraina bo‘yicha 28 banddan iborat tinchlik rejasi taqdim etilgach, AQSH Prezidenti Donald Tramp NATO davlatlariga Ukrainaga yuborish uchun katta miqdorda qurol sotilayotganini aytgandi.

AQSHning NATOdagi doimiy vakili Metyu Uitaker ham Yevropa Ittifoqi davlatlari yaqin oylar ichida Ukrainaga topshirish uchun yana 2 milliard dollarlik Amerika qurolini xarid qilishni rejalashtirayotganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Germaniyadan Patriot zenit-raketa tizimlarini olgani haqida xabar berilgandi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning aytishicha, havo hujumlari Putinning bu urushdagi asosiy quroli bo‘lib qolmoqda, chunki u o‘zining yerdagi maqsadlariga erisha olmasligini aynan havo orqali “qoplamoqchi”. Zelenskiyning bildirishicha, havo mudofaasi tizimini kuchaytirish urushning yakuniga yaqinlashtiradi va Rossiyaning havo hujumlarini davom ettirish imkoniyatlarini kamaytiradi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh NATO Evropa Ittifoqi Ukraina PURL

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing