Ukrainada 150 ming rus askari halok bo‘lgan – Fransiya TIV

Olam

image

Rossiya armiyasi Ukrainadagi urushda 150 ming askarini yo‘qotdi. Bu haqda Fransiya Tashqi ishlar vaziri Stefan Sejurne "Novaya gazeta"ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Rossiya allaqachon harbiy muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Bizning hisob-kitoblarga ko‘ra, Rossiyaning harbiy yo‘qotishlari 500 ming kishini tashkil etadi, shundan 150 ming nafari halok bo‘lgan”, degan u.

TIV rahbari Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning Ukrainaga qo‘shin yuborish ehtimolini ham tasdiqlagan.

“Rossiya tushunishi kerak – Yevropa tinchligi uchun xavf tug‘ilsa, yevropaliklar bunday tahdidni bartaraf etish uchun barcha imkoniyatlarini ishga soladi”, degan Sejurne.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Parij Rossiyaning muzlatilgan aktivlari aylanmasidan tushgan mablag‘ni ham Ukraina mudofaasi uchun ishlatadi.

“Fransiya haqiqatdan ham oldinga borishni istaydi: foiz stavkalari oshib borayotgan bir sharoitda Rossiyaning aktivlari 4 milliard yevroga yaqin daromad keltirdi. Biz ulardan Ukrainani mudofaa qilish va tiklashni moliyalashtirishda foydalanmoqchimiz”, degan u.


Maqola muallifi

Teglar

TIV Rossiya Frantsiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing