Urgutda 100 ming aholiga mo‘ljallangan zamonaviy eko-shahar barpo etiladi

Jamiyat

image

Samarqand viloyatining Urgut tumanida 100 ming aholiga mo‘ljallangan zamonaviy eko-shahar barpo etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 26 dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llayotgan murojaatnomasida ma’lum qildi.

Prezidentga ko‘ra, kelgusi yil 544 milliard so‘m ajratilib, 72 ta bog‘cha, maktab, poliklinika, shuningdek, ichki yo‘llar qurilib-ta’mirlanadi, kanallar beton qoplamaga o‘tkazilib, 2 ta sel-suv ombori barpo etiladi.

Tanlab olingan 33 ta tuman va 330 ta sharoiti og‘ir mahalladagi ishlar ham shunday tashkil qilinadi. Ularda bir vaqtning o‘zida tadbirkorlik infratuzilmasi ham rivojlantiriladi.

Ushbu maqsadlar uchun barcha manbalar hisobidan 8,5 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2026 yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatning yuksaltirish yili” deb e’lon qilingani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Urgut

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing