Urugvay MTJ samolyoti AQSHga qo‘ndirilmadi
Sport
−
15 iyun 5046 1 daqiqa
Urugvay milliy terma jamoasi samolyoti 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yin oldidan AQSHga ko‘ndirilmadi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.
Nashrning xabar berishicha, jamoa samolyotiga byurokratik jarayonlar va hujjatlar bilan bog‘liq muammolar tufayli AQSH hududiga qo‘nishga ruxsat berilmagan. Oqibatda Urugvay delegatsiyasi safarda kechikishga uchragan va Mayamiga rejalashtirilgan vaqtdan taxminan uch soat kech yetib borishi kutilmoqda. Bu esa jamoaning turnir reglamentida belgilangan rasmiy o‘yinoldi matbuot anjumanini o‘tkazib yuborishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, Urugvay futbol federatsiyasi ommaviy axborot vositalari oldidagi majburiyatlarni bajarmagani uchun turnir tashkilotchilari tomonidan jarimaga tortilishi ehtimoli ham mavjud.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi Niderlandiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan mahalliy politsiya tomonidan jiddiy tekshiruvdan o‘tkazilgandi. Shundan so‘ng mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi AQSH tomoniga vaziyat yuzasidan rasmiy izoh berishini so‘rab so‘rov yuborgandi.
Live
Barchasi