Urush qachon tugashini AQSH emas, Eron hal qiladi – IIQK
Olam
−
14:33 4900 1 daqiqa
Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) AQSH Prezidenti Donald Trampning Eron bilan urush tez orada tugashi haqidagi bayonotiga keskin munosabat bildirdi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.
Kecha 9 mart kun e’lon qilingan bayonotda IIQK urush qachon yakunlanishini AQSH emas, balki Eron belgilashini ta’kidlagan.
“Urush qachon tugashini biz hal qilamiz. Jang maydonidagi vaziyat va urushning yakuni Islom Respublikasi qo‘lida”, deyiladi bayonotda.
Bungacha Donald Tramp urush kutilganidan ancha tez tugashi mumkinligini, hatto urush deyarli tugaganini bildirgan. Trampning so‘zlariga ko‘ra, Eronning na dengiz floti, na aloqa tizimi, na havo kuchlari qolgan.
Fevral oyi oxirida Tramp urush to‘rt-besh hafta davom etishi mumkinligini aytgan edi. O‘tgan hafta oxirida esa Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt bu muddatni to‘rt-olti hafta deb baholagan.
Shu bilan birga, Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi mamlakati zarur bo‘lgan taqdirda raketa hujumlarini davom ettirishini ma’lum qilgan.
“Biz ularga raketalarimiz bilan zarba ham berishga tayyormiz”, degan u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Eronga qarshi urush rejalashtirilgan muddatdan tezroq kechayotgani va deyarli yakunlanish arafasida ekanini bildirgandi.