US Open kubogi o‘g‘irlab ketildi

Sport

image
Argentinalik sobiq tennischi Xuan Martin del Potroning uyi talon-toroj qilindi va 2009 yilgi US Open kubogi o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda “TyC Sports” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, hodisa joriy yilning 15 may kuni kechasi sodir bo‘lgan. Noma’lum shaxslar Potro uyda bo‘lmagan paytda derazani sindirib, xonadonga kirgan.

Ma’lum qilinishicha, o‘g‘rilar tennischining faoliyati bilan bog‘liq kuboklar, medallar va boshqa esdalik buyumlarini o‘g‘irlab ketgan. Ular orasida 2009 yilgi US Open kubogi ham bo‘lgan. Tergovchilar fikricha, jinoyat puxta rejalashtirilgan bo‘lib, gumondorlar uyning joylashuvi va unda yashovchilarning kundalik tartibi haqida oldindan ma’lumotga ega bo‘lgan. Talonchilik vaqtida uyda hech kim bo‘lmagan.

Ma’lumot uchun, 37 yoshli Xuan Martin del Potro qator jarohatlar sababli 2022 yilda professional faoliyatini yakunlagan edi. U US Open’ning 2009 yilgi g‘olibi, shuningdek 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlari kumush va 2012 yilgi Olimpiada bronza medali sovrindori hisoblanadi.

Del Potroning ATP reytingidagi eng yuqori natijasi 2018 yilda qayd etilgan uchinchi o‘rin bo‘lib, u faoliyati davomida ATP turnirining yakkalik bahslarida 22 ta chempionlikni qo‘lga kiritgan.

Maqola muallifi

Teglar

tennis US Open Xuan Martin del' Potro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing