Usmon Dembele “Oltin to‘p”dan so‘ng maoshini oshirishni xohlamoqda
Sport
−
15 Oktabr 1527 2 daqiqa
Fransiya terma jamoasi va PSJ hujumchisi Usmon Dembele “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritganidan so‘ng klub bilan yangi shartnoma shartlarini qayta ko‘rib chiqishni istamoqda. Bu haqda “L’Equipe” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Dembele 2023 yil yozida imzolagan shartnomasida agar “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritsa, maoshi avtomatik oshishi belgilangan bo‘lishi mumkin. Biroq PSJ rahbariyatidagi ayrim manbalar bu band mavjudligini rad etgan.
Hozirda futbolchining agenti Mussa Sissoko va PSJ klubi sport direktori Luis Kampos o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda. Asosiy masala Dembelega yiliga 18 million yevro atrofida to‘lanayotgan hozirgi maoshni oshirish.
Parij klubi yulduz futbolchining jamoa muvaffaqiyatiga qo‘shgan hissasini e’tirof etadi, biroq bir vaqtning o‘zida jamoaviy muvozanatni buzmaslikni istaydi. PSJ rahbariyatiga ko‘ra, Dembele loyihaning muhim qismi, ammo yagona hal qiluvchi shaxs emas. Vitinya yoki Ashraf Xakimi kabi boshqa futbolchilar ham jamoa yutuqlarida katta rol o‘ynagan.
Dembelening bozor qiymati bir yil ichida 55 million yevrodan 100 million yevroga oshdi. 28 yoshli futbolchi uchun Parijdagi muvaffaqiyatlar nafaqat sport, balki moliyaviy jihatdan ham yangi bosqichni boshlab berdi. O‘tgan mavsumni 35 ta gol va 16 ta golli uzatma bilan yakunlangan Dembele o‘zining sport imijidagi maqomiga mos ravishda ko‘proq maosh olish tarafdori.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 sentyabr kuni Parij shahrida “France Football” nashrining 2025 yilgi “Oltin to‘p” taqdirlash marosimida Usmon Dembele marosimning bosh mukofotini qo‘lga kiritgan edi.