O‘yinning eng yaxshi futbolchisiga tuxum sovg‘a qilindi. Norvegiyada!
Sport
−
01 aprel 3778 1 daqiqa
Futbol bo‘yicha Norvegiya Elit Seriyasi doirasida “Bryune” klubi o‘z uyida “Budyo-Glimt” bilan bahs olib bordi va kichik hisobda imkoniyatni boy berdi.
O‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan “Bryune” darvozaboni Yan de Bur tuxum bilan taqdirlandi. “Bryune” klubining laqabi “Fermerlar jamoasi” jamoasi bo‘lgani uchun, tashkilotchilar noodatiy mukofot sifatida darvozabonga tuxum sovg‘a qilgan.
Ma’lumot uchun, Norvegiya chempionatida 16 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib boradi. “Bryune” chempionat debyutanti hisoblanadi.
Live
Barchasi