O‘zbek gilosi Xitoyda sotila boshlandi

Olam

image

O‘zbek gilosining eksport geografiyasi kengayib boryapti. Shu kunlarda o‘zbek gilosi Shanxayning eng yirik ulgurji meva bozori Shanghai Huizhan Fruit & Vegetable Market Management Co.,Ltd. Rastalarida paydo bo‘ldi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

O‘zbekistondan yuborilgan birinchi partiyada 30 tonna gilos jo‘natilgan. Partiya Shanxay va unga yondosh Chjetszyan va Szyansu provinsiyalarida sotish uchun Farg‘ona viloyatidan jo‘natilgan.

Birinchi sinov partiyasidan keyin xitoylik kompaniya O‘zbekistondan gilos importini 2600 tonnagacha yetkazmoqchi. Ular o‘zbek gilosini Tmall internet do‘konida sotishni rejalashtiryapti.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy gilos

Baholaganlar

46

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing