O‘zbekiston aholisi qariyb 38 mln nafarga yetdi
Bu qiziq
−
09 iyul 3652 1 daqiqa
2025 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda doimiy aholi soni qariyb 37 859 698 kishini tashkil etgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 2 foizga oshgan.
Shundan:
- Ayollar soni – 18,8 mln kishi;
- Erkaklar soni – 19,1 mln kishi;
- Shahar joylarda – 19,3 mln kishi;
- Qishloq joylarda – 18,6 mln kishi istiqomat qiladi.
World Population Review ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda 1 mlrd 463 mln aholi bilan Hindiston dunyoda birinchi o‘rinda bo‘lsa, 1 mlrd 416 mln aholisi bilan Xitoy bu borada ikkinchi o‘rinni band etgan. Kuchli uchlikdagi AQSHning 347 mln nafar doimiy aholisi bor. O‘zbekiston bu ro‘xatda 43-pog‘onadan o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi hududlari bo‘yicha tug‘ilishda kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha Toshkent shahri aholisi yetakchilik qilayotgani xabar qilingandi. Poytaxtda ushbu ko‘rsatkich 76,8 yoshni tashkil etmoqda.
Live
Barchasi