O‘zbekiston birinchi marta global aksiyalar bozoriga chiqadi

Jamiyat

image

Ilk bor O‘zbekiston kompaniyalari aksiyalari London birjasi va Toshkent birjasida savdoga qo‘yiladi. Bu haqda bugun, 9 aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“O‘zbekiston tarixiy qadam tashlamoqda: biz ilk bor jahon aksiyalar bozoriga chiqyapmiz. Milliy investitsiya fondi milliy kompaniyalarimiz aksiyalarini bir vaqtning o‘zida ikkita maydonda – nufuzli London birjasi va Toshkent birjasida savdoga qo‘yadi. Bunga Prezidentimiz tanlagan ochiqlik yo‘li zamin yaratdi”, deydi Mirziyoyeva.

Uning bildirishicha, IPO jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish va uni muvofiqlashtirishni O‘zbekistonda ishlash litsenziyasiga ega bo‘lgan “Franklin Templeton” xalqaro investitsiya kompaniyasi amalga oshirmoqda.

“Ushbu qadam – xorijiy investorlar uchun aniq va kuchli ishora. Bu bilan biz global qoidalar asosida – halol va shaffof ishlashga tayyor ekanimizni namoyon etmoqdamiz. O‘zbekiston iqtisodiyoti mutlaqo yangi, zamonaviy taraqqiyot bosqichiga o‘tmoqda”, deydi O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari.

Ma’lumot uchun, London fond birjasi (London Stock Exchange – LSE) – Buyuk Britaniyaning asosiy va Yevropaning eng yirik fond birjalaridan biri bo‘lib, dunyodagi eng qadimgi moliya institutlaridan hisoblanadi. Birja rasman 1801 yilda tashkil etilgan, biroq uning ildizlari XVII asrdagi qahvaxonalarda o‘tkazilgan norasmiy savdolarga borib taqaladi. 2025 yil o‘rtalariga ko‘ra, birjada ro‘yxatga olingan barcha instrumentlarning umumiy qiymati taxminan 5,9 trillion AQSH dollarini tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

London birjasi global aktsiyalar bozori London Stock Exchange

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar