O‘zbekiston eng ko‘p qahvani qayerdan sotib oladi?
Bu qiziq
−
07 aprel
110792024 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 697,2 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan 81,4 tonna qahva import qilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Qahva importi 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 21,8 tonnaga kamaygan. Respublika 2024 yilning yanvar-fevral oylarida 16 ta davlatdan qahva xarid qilgan.
2024 yilning dastlabki 2 oyida O‘zbekiston eng ko‘p qahva import qilgan davlatlar:
- Italiya – 27,8 tonna
- Germaniya – 15,2 tonna
- Polsha – 8,8 tonna
- Rossiya – 7,4 tonna
- Buyuk Britaniya – 4 tonna
- Braziliya – 2 tonna
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Qozog‘iston bug‘doyining asosiy xaridori bo‘lib qolayotgani aytilgan edi.
LiveBarchasi