O‘zbekiston Iordaniyani qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharqdagi murakkab vaziyat tufayli Iordaniya rahbariyati va xalqini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda O‘zbekistom Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Saidovga ko‘ra, u Iordaniya Bosh vazir o‘rinbosari – Tashqi ishlar va ekspatriatlar masalalari bo‘yicha vaziri Ayman Safadi bilan telefon orqali muloqot qilgan. Ular mintaqadagi vaziyatning rivojlanishi, barqarorlik hamda xavfsizlikka ta’siri yuzasidan fikr almashgan.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining Iordaniya rahbariyati va xalqiga qaratilgan samimiy qo‘llab-quvvatlovi va birdamligini yetkazdik”, deydi Saidov.

Shuningdek, muloqotda barcha yuzaga kelayotgan masalalarni xalqaro huquq normalariga to‘liq rioya qilgan holda, faqat tinch, siyosiy va diplomatik vositalar orqali hal etish muhimligi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli QatarQuvayt va Birlashgan Arab Amirliklari xalqiga hamdardlik bildirgan hamda Ummon sultonligini qo‘llab-quvvatlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Yaqin Sharq Iordaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing