O‘zbekiston Rossiyadan gaz importini 11 mlrd kub metrga yetkazmoqchi

Jamiyat

image

Qozog‘iston Rossiya gazini O‘zbekistonga tranzit qilish bo‘yicha qo‘shimcha hajmni ta’minlashga tayyor. Tomonlar yetkazib berish hajmini sezilarli darajada oshirish bo‘yicha kelishuv olib bormoqda. Bu haqda bugun, 10 iyun kuni Qozog‘iston Energetika vaziri Yerlan Akkenjenov parlament binosida jurnalistlarga ma’lum qildi.

“Bizda bunday imkoniyat mavjud. Hamma narsa transport infratuzilmasiga bog‘liq. Bizning tomonda, ya’ni Qozog‘iston tomonida buning uchun hamma narsa tayyor. Endi, mening bilishimcha, Rossiya Federatsiyasi O‘zbekiston bilan mustaqil ravishda muzokaralar olib bormoqda. Biz tranzit mamlakat sifatida (qo‘shimcha tranzit hajmini – tahr.) ta’minlashga tayyormiz”, deydi Akkenjenov.

U o‘tgan yili Rossiya gazining Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga tranziti 4 milliard kub metrdan, Qirg‘izistonga esa 500 million kub metrdan oshganini eslatib o‘tgan.

Akkenjenovning qo‘shimcha qilishicha, norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonga tranzit hajmini 11 milliard kub metrgacha oshirish rejalashtirilmoqda.

“Mening bilishimcha, hajmni 11 milliardgacha oshirish haqida gap ketmoqda, ya’ni bu juda salmoqli hajm. Bu men eshitgan ma’lumot, menda tasdiqlangan axborot yo‘q, chunki muzokaralarni O‘zbekiston va Rossiya tomonlari olib bormoqda”, deydi vazir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya gazini Xitoyga “Sibir kuchi” quvuri orqali yetkazib berish 2025 yilda to‘rtdan bir qismga, “Markaziy Osiyo– Markaz” tizimi orqali O‘zbekistonga yetkazib berish esa 30 foizga oshgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Rossiya O'zbekiston import tranzit

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing