O‘zbekiston samolyoti Krasnoyarskka favqulodda qo‘ndi

Olam

image

Bugun, 21 yanvar kuni “Uzbekistan Airways”ning Toshkentdan Vladivostokka parvoz qilayotgan Boeing 767-300 samolyoti Rossiyaning Krasnoyarsk shahriga favqulodda qo‘ndi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, bortida 122 yo‘lovchi va ekipaj a’zolari bo‘lgan “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasiga tegishli Boeing 767-300 havo kemasi Toshkent – Vladivostok yo‘nalishi bo‘yicha parvozni amalga oshirish chog‘ida texnik sababga ko‘ra D.A. Xvorostovskiy nomidagi Krasnoyarsk xalqaro aeroportiga rejadan tashqari qo‘nishni amalga oshirgan. Qo‘nish odatiy tartibda o‘tgan. Havo kemasi vaqtincha ekspluatatsiyadan chetlatilgan. 

Shuningdek, G‘arbiy Sibir transport prokuraturasi Krasnoyarsk transport prokuraturasi tomonidan ushbu reys kechikishi munosabati bilan yo‘lovchilarning belgilangan xizmatlar majmuasini olish huquqlarini himoya qilish bo‘yicha nazorat tadbirlari olib borilayotganini ma’lum qilgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasining Krasnoyarsk tergov bo‘limi Jinoyat kodeksining 263-moddasi (havo transporti harakati va ekspluatatsiyasi xavfsizligi qoidalarini buzish) alomatlari bo‘yicha dastlabki tekshiruv olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron havo hududi barcha samolyotlar uchun vaqtinchalik yopilgani sababli, O‘zbekiston samolyotlari ham  jo‘nash aeroportiga qaytishga majbur bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Uzbekistan Airways Boeing 767-300

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing