O‘zbekiston simli internet tezligi reytingida yuqoriladi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston keng polosali (simli) internet tezligi reytingida 24 pog‘ona ko‘tarildi. Bu haqda  “Cable.co.uk” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2022 yilda mazkur reytingda O‘zbekiston 155-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, 2023 yilda 24 pog‘ona yuqorilab 131-o‘rinni egallagan.

Bu orqali O‘zbekiston qo‘shni Qozog‘iston va Qirg‘izistonni ortda qoldirgan. Xususan, ro‘yxatda Qirg‘iziston 142- o‘rin, Qozog‘iston 155- o‘rin, Turkmaniston 206-o‘rin, Tojikiston 214-o‘rindan joy olgan.

Shuningdek, dunyo bo‘yicha Afg‘oniston (1,71 Mbit/s), Yaman (1,79 Mbit/s), Suriya (2,30 Mbit/s), Sharqiy Timor (2,50 Mbit/s) va Ekvatorial Gvineya (2,70 Mbit/s) kabi davlatlar internet tezligi eng past bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga kirgan.

Pastki beshlikdan ikkitasi Osiyoda, ikkitasi Yaqin Sharqda va bittasi Afrikaning Sahroi Kabirida joylashgan. Bu mamlakatlarda tarmoq infratuzilmasi yaxshi rivojlanmagan va aholisi raqamli xizmatlardan kam foydalanadi.

Shu bilan birga, Jersi oroli (264,52 Mbit/s), Lixtenshteyn(246,76 Mbit/s), Makao(231,40 Mbit/s), Islandiya (229,35 Mbit/s) va Gibraltar (206,27 Mbit/s) dunyodagi eng tez internetga ega hududlar hisoblangan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston simli internet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing