O‘zbekiston talabalari Rossiyaning notinch hududiga yuborilayotgani aytilmoqda (video)
Jamiyat
−
12 avgust 13901 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent davlat tibbiyot universiteti (oldingi Toshkent tibbiyot akademiyasi) talabalari majburiy ravishda Rossiyaning Nijniy Novgorod shahriga – harbiy holat e’lon qilingan hududga o‘qishga yuborilayotgani xaqida xabarlar tarqalmoqda.
Qayd etish joiz, kecha, 11 avgust kuni Rossiya g‘arbidagi aynan Nijniy Novgorod viloyatida joylashgan sanoat zonasini nishonga olgan Ukraina hujumi oqibatida bir kishi halok bo‘lgani, yana ikki kishi shifohonaga yotqizilgani xabar qilingandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda oldingi rektor o‘qishni Qozog‘istonga ko‘chirishni va’da qilgani, ammo yangi rektor Shuhrat Baymuradov bu qarorni amalga oshirishdan bosh tortgani aytiladi.
“Talabalar oldiga shart qo‘yildi: yoki Rossiyaga ketasiz, yoki o‘qishingiz bekor qilinadi. Bu haqda faqat yaqinda ma’lum qilindi – chunki xususiy tibbiyot universitetlari ko‘chirma talabalarni qabul qilishni to‘xtatgani sababli, talabalar alternativasiz qolishdi”, deyiladi hali rasman tasdiqlanmagan xabarlarda.
QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot kotibi Nazokat Abduqunduzova bilan bog‘landi. U vaziyat o‘rganilayotganini ma’lum qildi va qo‘shimcha ma’lumot berilishini bildirdi.
Live
Barchasi