O‘zbekiston U-17 jamoasining JCH uchun taqvimi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Qatar joriy yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan FIFA U-17 Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Unda ishtirok etadigan Islom Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasining taqvimi aniq bo‘ldi.

48 ta jamoa ishtirokida bo‘lib o‘tadigan kichik mundialning “J” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Jahon chempionatidagi ishtirokini joriy yilning 5 noyabr kuni Paragvayga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Keyingi bahs 8 noyabrda Irlandiyaga qarshi, guruh bosqichining so‘nggi uchrashuvi esa 11 noyabr kuni Panama o‘smirlariga qarshi o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, Qatarda bo‘lib o‘tadigan musobaqa joriy yilning 3-27 noyabr kunlari o‘tkaziladi. O‘zbekiston U-17 terma jamoasi esa 1 noyabr kuni Doha shahriga yetib borishi rejalashtirilgan. Turnirga tayyorgarlik ko‘rayotgan Islombek Ismoilov boshqaruvidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bugun, 29 oktyabr kuni BAAning Sharja shahrida Burkina-Fasoga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 aprel kuni Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi finali uchrashuvida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi saudiyalik tengqurlarini 2:0 hisobida mag‘lub etib, Osiyo chempioni bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston FIFA JCh U-17

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing