O‘zbekiston va Niderlandiya o‘yinida qo‘shimcha bo‘limlar ham bo‘ladi
Sport
−
08 iyun 3648 1 daqiqa
Bugun, 8 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati oldidan Niderlandiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bahda hisobdan qat’iy nazar 30 daqiqalik qo‘shimcha bo‘limlar bo‘ladi. Bu haqida O‘FA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tomonlar kelishuvi asosida uchrashuv yakunlanganidan so‘ng kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan futbolchilar ishtirokida 30 daqiqadan iborat qo‘shimcha ikkita bo‘lim o‘tkaziladi. Ushbu bahs AQSHda Toshkent vaqti bilan 23:45 da bo‘lib o‘tadi.
Bahs har ikkala terma jamoalarning o‘zaro kelishuvi asosida muxlislarsiz yopiq eshiklar ostida bo‘lib o‘tadi, biroq ushbu o‘yinni O‘zbekiston hududidagi telekanallar translyatsiya qiladi.
Ma’lumot uchun, bu O‘zbekiston terma jamoasining Shimoliy Amerikadagi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘ladi. Bungacha terma jamoa joriy yilning 2 iyun kuni Kanadaga qarshi ham o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Unda Fabio Kannavaro shogirdlari 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi.
Bu Niderlandiya terma jamoasi uchun ham mundial oldidan ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi hisoblanadi. Bungacha niderlandlar joriy yilning 3 iyun kuni Jazoir terma jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni qo‘ldan boy bergan edi.
Live
BarchasiMetroda poverbank yonib ketdi
08 iyun