O‘zbekiston JSTga a’zolik bo‘yicha Ekvador bilan kelishuvga erishdi

Jamiyat

image

Kecha, 6 noyabr kuni O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zolik bo‘yicha Ekvador bilan ikki tomonlama bozorga kirish muzokaralarida muvaffaqiyatli kelishuvga erishdi. Bu haqda Prezidentning JST bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runov o‘zining LinkedIn’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Ekvador tomoniga konstruktiv muloqot va ko‘rsatgan yordami uchun samimiy minnatdorlik bildirmoqchiman. Biz ushbu jarayonga to‘liq ishonamiz va birgalikdagi sa’y-harakatlarimizdan faxrlanamiz. Ish davom etadi – oldinda yana ikki nafar JST a’zosi bilan muzokaralar kutmoqda”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha ikki mamlakat – Kanada va Panama bilan muzokaralarni yakunlagandi.

Undan oldinroq esa O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Bryusselga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarning yakunlagani e’lon qilingandi. Bu voqea Yevropa Ittifoqining 27 ta a’zo davlati bilan bozorga kirish masalalari, eksport va import bojlariga doir imtiyozlar hamda xizmatlar sohasi bo‘yicha muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlashni anglatadi.


Maqola muallifi

Teglar

JST Ekvador Jahon savdo tashkilotiga

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing