O‘zbekistonda 20 ta bank jarimaga tortildi
Jamiyat
−
13 aprel 5626 2 daqiqa
O‘zbekistonda joriy yilning mart oyida 20 ta bank jarimaga tortildi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Qayd etilishicha, Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan joriy yilning mart oyidagi yig‘ilishlar (jami 7-marta) davomida 29 ta masala ko‘rib chiqilgan va ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilingan. Ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida jami 17 ta masala, shu jumladan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish (4 ta), kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish (3 ta), banklarda audit o‘tkazish huquqini berish uchun auditorlik malaka sertifikatini taqdim etish (1 ta), shuningdek, tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko‘rib chiqish (9 ta) bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilgan.
Shu bilan birga, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 12 ta masala ko‘rib chiqilgan. Xususan, Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlari talablarining bajarilishi, bank va nobank kredit tashkilotlarida o‘tkazilgan inspeksiya hamda o‘rganishlar natijalari, shuningdek, tashkilotlarning moliyaviy xizmatlarini “tartibga solish qumdoni” doirasida sinovdan o‘tkazish masalalari muhokama qilingan.
Prudensial normativ talablariga rioya etilmaganligi hamda o‘z faoliyatini qonunchilik hujjatlari talablariga belgilangan tartibda muvofiqlashtirmaganligi uchun 17 ta bankka nisbatan chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.
Qonunchilik talablariga muvofiq faoliyatini tashkil etmaganligi, shuningdek, inspeksiya va o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar uchun 20 ta bank, 89 ta mikromoliya tashkiloti va 79 ta lombardga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanilgan.
Live
Barchasi