O‘zbekistonda 2025 yilda 3 ta masjid va 1 ta cherkov rasmiy ro‘yxatdan o‘tdi

Jamiyat

image

2025 yil mobaynida O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohaga oid ko‘plab ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, 3 ta yangi masjid, shuningdek, Navoiy viloyatida 1 ta noislomiy diniy tashkilot davlat ro‘yxatidan o‘tgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2025 yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bergan hisobotida ma’lum qilingan.

Qayd etilishicha, o‘tgan yil mobaynida 14 ta (2 ta qonun, 2 ta Prezident farmoni, 5 ta Prezident qarori, 4 ta Vazirlar Mahkamasining qarori va 1 ta idoraviy) normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan. Tizim tashkilotlari bilan hamkorlikda mutaassiblik, radikal g‘oyalar va ekstremizm ruhidagi axborotlarga qarshi 3 411 ta raddiya mazmunidagi materiallar tayyorlangan. 

Shuningdek, diniy-ma’rifiy resurslar orqali 170 mingdan ortiq material internet tarmoqlari orqali tarqatilgan. Dinshunoslik ekspertizasi faoliyatini yanada takomillashtirish, ish jarayonlarini optimallashtirish, xodimlar vaqtini samarali taqsimlash maqsadida ekspertiza tadqiqotlari jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalari ham joriy qilingan. Bundan tashqari, xorijdagi vatandoshlar uchun Fatvo markazi huzurida “Koll-markaz” xizmati tashkil etilgan.  

Qo‘mitaga ko‘ra, hisobot davrida 3 ta yangi masjid ro‘yxatdan o‘tgan, yana 43 ta masjidda tubdan qayta qurish hamda 15 ta masjidda ta’mirlash ishlari yakunlangan. Shuningdek, Navoiy viloyatida 1 ta yangi diniy tashkilot – Rim-katolik cherkovi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. 

Ma’lumot uchun, bugungi kunda respublika bo‘yicha 2 148 ta masjid hamda 199 ta noislomiy diniy tashkilot faoliyat yuritmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Saudiya Arabistonidan muqaddas Ka’ba yopinchig‘i Kisvaning eshik qismi to‘liq holda O‘zbekistonga olib kelingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston masjid cherkov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing