O‘zbekistonda futbol hakamlari akademiyasi tashkil etilmoqda (video)
Sport
−
22 aprel 3672 1 daqiqa
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatda futbol hakamligi tizimini yanada rivojlantirish, yosh hakamlarning bilim va tajribasini oshirish maqsadida hakamlar akademiyasi tashkil etilmoqda. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
“Bu tashabbus mamlakatimiz futbol hakamligi tizimini yanada rivojlantirish va jahon standartlariga moslashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi. Akademiya yosh hakamlarning kelajakda yuqori saviyadagi xalqaro o‘yinlarni boshqarish imkoniyatini oshirishga xizmat qiladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda sport musobaqalarining natijalariga ta’sir o‘tkazishga aloqador bo‘lgan ko‘pgina taniqli futbol hakamlarining faoliyati tugatilgandi.
Live
Barchasi