O‘zbekistonda IELTS’ni qog‘ozda topshirish bekor qilindi

Jamiyat

image

Joriy yilning 11 iyulidan boshlab O‘zbekistonda IELTS imtihonlarini qog‘ozda topshirish vaqtincha bekor qilindi. Bu haqda IELTS IDP xabar berdi.

Qayd etilishicha, IELTS hamkorlari (IDP, British Council, Cambridge University Press & Assessment) texnik va tashkiliy sabablarga ko‘ra joriy yilning 11 iyulidan boshlab O‘zbekistonda qog‘oz shaklidagi IELTS imtihonlarini vaqtincha to‘xtatishga qaror qilgan.

Shu sababli, talabgorlarning Edu-Action Exams markazi orqali amalga oshirilgan buyurtmasi bekor qilinadi va ularga quyidagi ikki imkoniyatdan biri taklif qilinadi:

  • IELTS on Computer (kompyuter shaklidagi IELTS) imtihoniga bepul o‘tkazish;
  • To‘liq pulni qaytarib berish;

“Iltimos, siz uchun qaysi variant ma’qul ekanini bizga ma’lum qilsangiz, kerakli tartiblarni amalga oshiramiz”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlash joiz, bu qaror so‘nggi vaqtlardagi O‘zbekistondagi IELTS bilan bog‘liq mojarolar fonida qabul qilindi. Xususan, joriy yilning 7 iyun kuni o‘tkazilgan imtihonlardan oldin shu kungi imtihon javoblari internetda tarqalib ketgan. Buning ortidan 7 iyun kungi imtihon javoblari qaytdan tekshirildi. Jumladan, qog‘ozda topshirilgan IELTS imtihoni natijalari 13 kunda e’lon qilinishi kerak, biroq 7 iyundagi imtihon atrofidagi mojarolar va natijalarning qaytadan tekshirilishi ortidan o‘sha kungi test natijalari 24 iyun kuni e’lon qilindi.

Biroq hozircha O‘zbekistonda IELTS imtohonlarini o‘tkazadigan yana bir tashkilot – British Council bu borada izoh bermadi.


Maqola muallifi

Teglar

IELTS British Council IELTS IDP

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing