O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Abdurauf Qorjovov vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Abdurauf Qorjovov 68 yoshida vafot etdi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabar berdi.

Abdurauf Qorjovov 1956 yil 21 sentyabrda Samarqand viloyatining Payariq tumanida tug‘ilgan. 1981 yilda O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlagan.

U o‘z faoliyatini “O‘zbekiston ovozi” (“Sovet O‘zbekistoni”) gazetasida musahhih, muxbirlikdan boshlagan. 1992-2019 yillar davomida O‘zbekiston teleradiokompaniyasining muxbiri, bosh muharrir o‘rinbosari, bosh muharrir, direktor o‘rinbosari, “O‘zbekiston 24” teleradiokanali bosh muharriri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. 

Abdurauf Qorjovovning “Yo‘llar va manzillar”, “Tabiatning mo‘’jizaviy ehsonlari” kitoblari, hammualliflikdagi “Sahro bo‘m-bo‘sh emas”, “Yurt farzandlari”, “Xitoy O‘zbekistonliklar nigohida” kabi ocherklar to‘plamlari nashr etilgan.

U 1994 yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” unvoniga munosib ko‘rilgan. Shuningdek, “O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi” va boshqa ko‘plab mukofotlar bilan taqdirlangan.

Abdurauf Qorjovov 2020 yildan buyon “Yangi O‘zbekiston” gazetasi tahririyatida katta muharrir, bo‘lim mudiri, iqtisodiy sharhlovchi vazifalarida ishlab kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdurauf Qorjovov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made

Mavzuga doir yangiliklar