O‘zbekistonda yana bir jamg‘arma tashkil qilinadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etiladi. Bu haqda Prezidentning 14 fevral kuni qabul qilingan “Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi. 

Qarorga ko‘ra, Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi negizida Yoshlar ishlari agentligi huzurida Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etiladi.

Jamg‘arma mablag‘lari belgilangan manbalar hisobidan 100 million AQSH dollari ekvivalentiga teng summaga yetkaziladi. Jamg‘arma ko‘magida kamida 50 ming nafar yoshlarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish uning faoliyatining asosiy samaradorlik ko‘rsatkichi hisoblanadi.

Belgilangan daryo, kanal va sohil bo‘ylarida xizmat ko‘rsatish, ko‘ngilochar va dam olish maskanlarini tashkil etish bo‘yicha biznes loyihalarni joylashtirish uchun o‘rnatilgan tartibda elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish orqali yer uchastkalari ajratiladi.

Yoshlar ishlari agentligining jamg‘armaga ajratiladigan mablag‘lari hisobidan Jamg‘arma huzurida ustav fondi 10 million AQSH dollari ekvivalentiga teng bo‘lgan yoshlarning istiqbolli startap loyihalarini moliyalashtiradigan venchur jamg‘arma tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 10 fevral kuni qabul qilingan “Tahliliy va tadqiqotchilik faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan Tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash huzurida Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilishi belgilangandi.


Maqola muallifi

Teglar

jamg'arma Yoshlar tadbirkorligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing