O‘zbekistonga eng ko‘p sayyoh qaysi davlatdan kelgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
21 fevral
150262023 yilning yanvar-dekabr oylarida 6,6 mln nafar chet el fuqarosi sayyohlik maqsadida O‘zbekistonga kelgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganida 1,4 mlnga yoki 26,6 foizga oshgan. Hisob kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistonga eng ko‘p sayyoh Tojikistondan kelgan – 2155,2 ming.
Yetakchi o‘nlikdan quyidagi davlatlar joy olgan:
- Qirg‘iziston – 1757,1 ming nafar;
- Qozog‘iston – 1333,3 ming nafar;
- Rossiya – 714,3 ming nafar;
- Turkiya – 106,5 ming nafar;
- Turkmaniston – 100,3 ming nafar;
- Xitoy – 42,5 ming nafar;
- Hindiston – 45,5 ming nafar;
- Janubiy Koreya – 37,1 ming nafar;
- Germaniya – 29,6 ming nafar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Adliya vazirligi O‘zbekistonda xorijdan kelgan har bir turist uchun turoperatorlarga subsidiya ajratilishi haqida ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi