O‘zbekistonga Rossiya va Qozog‘istondan ko‘chib keluvchilar soni ko‘paydi

Jamiyat

image

2025 yil davomida O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan 1 159 kishi doimiy yashash maqsadida ko‘chib keldi va ularning katta qismi Rossiya va Qozog‘iston mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yilda xorijiy davlatlardan jami 1 159 nafar shaxs O‘zbekistonga doimiy yashash uchun ko‘chib kelgan.

Ko‘chib kelganlarning asosiy qismi Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelib, umumiy ko‘rsatkichning 39,9 foizini tashkil etgan. Qozog‘istondan kelganlar ulushi 20,3 foizni, Tojikistondan kelganlar esa 10,3 foizni tashkil qilgan. Shuningdek, Qirg‘izistondan 4,3 foiz, Turkmanistondan 3,1 foiz ko‘chib kelganlar qayd etilgan. Qolgan 22,1 foiz esa boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Hududlar kesimida esa doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlarning eng ko‘p qismi Toshkent shahriga – 698 kishiga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, Toshkent viloyatiga 275 kishi va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 101 kishi ko‘chib kelgan.

Qolaversa, Sirdaryo viloyatiga 24, Farg‘ona viloyatiga 14, Jizzax va Navoiy viloyatlariga 12, Buxoro viloyatiga 11, Xorazm viloyatiga 7, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlariga 2, Namangan viloyatiga esa 1 kishi ko‘chib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yil yakunlariga ko‘ra, AQSHni tark etganlar soni mamlakatga ko‘chib kelganlardan 150 ming kishiga ko‘p bo‘lgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing